Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH BO‘YICHA NAVOIY KENGASHINING MAQSADI  VA VAZIFALARI

II. Viloyat kengashning maqsad va vazifalari
10. Viloyat kengashning maqsadi – fuqarolar yig‘inlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish, faoliyatini muvofiqlashtirish, qo‘llab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ularning faoliyatida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

 11. Viloyat kengash tegishli hududda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • tuman (shahar) kengashlari faoliyatiga rahbarlikni Respublika kengashi Ustavi va mazkur nizomda belgilangan tartibda amalga oshirish orqali ular zimmasidagi vazifalarni samarali tashkil etishlarini ta’minlash;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni va rolini kuchaytirish, ularni joylarda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylantirish;
  • jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda mustahkamlashda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish;
  • yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;
  • jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini joriy etish, mahalla tizimida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatidagi muammolarni kompleks o‘rganish va tizimli hal qilish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan asosli takliflar hamda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
  • fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, ular tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashish;
  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish, fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahalla institutining ahamiyati va rolini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
  • oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganib borish, tahlil qilish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda tuman (shahar) kengashlari hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • tuman (shahar) kengashlari shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlariga nisbatan belgilangan talablarni hisobga olgan holda tizimda munosib kadrlarning faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash, ularning malakasini oshirish va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • fuqarolarning jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirishda tuman (shahar) kengashlari va fuqarolar yig‘inlari tomonidan jamoatchilik nazoratini olib borish bo‘yicha vazifalar ko‘lamini yanada kengaytirish choralarini ko‘rish;
  • tuman (shahar) kengashlari va fuqarolar yig‘inlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar tayyorlash va bu borada aniq chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlash;
  • tuman (shahar) kengashlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • nizom doirasida hududdagi davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ular bilan hamkorlikda qo‘shma dastur hamda loyihalarni ishlab chiqish va ijtimoiy sheriklik asosida amalga oshirish.

So'rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech